Gulnora Karimovaning musodara qilingan aktivlari onalar va bolalar o‘limini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Bu haqda BMTning mamlakatdagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Uzbekistan Vision 2030 — “Ishonch” jamg‘armasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistonda oldini olish mumkin bo‘lgan onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘limini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan yangi loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 43,5 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratishini e’lon qildi. Yangi loyihaning asosiy maqsadlaridan biri kam vaznli chaqaloqlarning omon qolish darajasini hozirgi 75 foizdan 90 foizga oshirishdan iborat.
Uzbekistan Vision 2030 — “Ishonch” jamg‘armasi Shveysariya Konfederatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi Shveysariyada musodara qilingan noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston aholisi manfaati yo‘lida qaytarish tartibi to‘g‘risidagi bitimga muvofiq badal hisobidan kapitallashtiriladi. Shveysariyada jinoiy jarayonda mutlaqo musodara qilingan aktivlarning qaytarilishini ifodalaydi.
Ushbu Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko‘p sheriklik maqsadli jamg‘armasi idorasi tomonidan boshqariladigan jamg‘arma O‘zbekiston hukumatining milliy islohot kun tartibini va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishga qaratilgan loyihalar orqali prinsipial, shaffof va samarali aktivlarni qaytarishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Izoh (0)