Rossiya qo‘shinlari 17-sentabrga o‘tar kechasi Ukraina bo‘ylab oltita Shahed-136/131 droni va o‘nta X-101/X-555/X-55 rusumli raketalar uchirdi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi xabar berdi.
Hujumning asosiy yo‘nalishi Odessa viloyatining janubi ekani aytilmoqda. Ukraina harbiylariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari oltita dron va oltita raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
Harbiylarning aniqlik kiritishicha, Odessa viloyatidagi hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq qishloq xo‘jaligi korxonasiga zarar yetgan. Mahalliy “Dumskaya” nashrining yozishicha, gap viloyatning Berezovskiy tumanidagi don ombori haqida ketmoqda.
Rossiya don kelishuvdan chiqqanidan so‘ng, iyul oyi o‘rtalaridan boshlab Odessa viloyatiga dron va raketa hujumlarining intensivligini oshirdi. Hujumlar davomida asosan donni saqlash va tashish uchun foydalaniladigan infratuzilma nishonga olinmoqda.
Izoh (0)