Turkmaniston parlamenti rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oliy mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan qabul qilingan qaror Berdimuhamedovning mintaqa davlatlari o‘rtasida do‘stlik, hamkorlikni mustahkamlash va tinchlikni saqlashga qo‘shgan ulkan hissasi eʼtirof etilganidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon prezidentlari ishtirokida Berdimuhamedovga “Faxriy nishon” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan. Berdimuhamedovga mukofotni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon topshirgan.
Ta’kidlanishicha, Berdimuhamedov mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, mintaqa davlatlarining umumiy manfaatlari va tashabbuslarini dunyoda ilgari surishga katta hissa qo‘shgan.
Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov oliy faxriy mukofotni qo‘lga kiritgach, Emomali Rahmonga mehmondo‘stligi, xizmatlarini e’tirof etgani uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Berdimuhamedov 2006-yildan 2022-yilgacha Turkmaniston prezidenti lavozimida ishlagan.
Izoh (0)