Ijtimoiy tarmoqlarda bosh vazir amaldorlarga dinni yoki davlatdagi ishini tanlashi kerakligini aytgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning maʼlum qilishicha, Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan majlis tafsilotlari noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Go‘yoki bosh vazir amaldorlarga qarata dinni yoki davlatdagi ishini tanlashi kerakligini aytgandek qilib tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.
“Blogerlardan tekshirilmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatmasliklarini, tarmoq foydalanuvchilaridan esa bunday mavzudagi xabarlarga umuman ishonmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)