• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uy xaridorlari aldangan: vazirlik 39 kishiga sotilgan uy aslida yakka tartibdagi turar joy ekani, uni ko‘p qavatli uyga aylantirib bo‘lmasligini aytmoqda

    “Daryo”da Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 9 ta xonadondan iborat uch qavatli uy 39 nafar kishiga pullangani bilan bog‘liq firibgarlik holati ochiqlangandi. So‘ngra Bosh prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, uy-joy xaridorlari aldangan. 

    Ushbu holat vazirlik mas’ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlanishicha, bu joy aslida yakka tartibdagi uy-joy qurishga mo‘ljallangan joy bo‘lib, 10 sotixli hovlida fuqaro Babajonovaga tegishli yakka tartibdagi uy-joylar borligi aniq bo‘ldi. 2018-yilda bu joy oldi-sotdi shartnomasi asosida Kulik Aleksandr tomonidan sotib olingan. Shundan so‘ng 10 sotix maydon va qurilish binolari uchun kadastr hujjati rasmiylashtirilgan. Chala qolgan qurilish ishlarini tugatish uchun tuman qurilish bo‘limiga loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha murojaat qilingan. Hujjatlar to‘g‘riligi sabab, obyektga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ijobiy xulosa berilgan, — deydi vazirlikning Bosh rejalarga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazorati boshqarmasi boshlig‘i Nodir Rejaboyev. 
    Nodir Rejaboyev.
    Foto: “Daryo”

    Vazirlik vakilining bildirishicha, haqiqatdan ham Yashnobod tumanining “Go‘zal” mahallasi hududida yakka tartibda qurilishi mo‘ljallangan va shunga ruxsat etilgan joyda qurilishi tugallanmagan binolar bor. Biroq, mazkur hududdan ko‘p qavatli turar-joy binosini qurish uchun na vazirlik va na uning quyi bo‘g‘indagi tashkilotlari tomonidan ruxsatnoma berilgan. 

    Shaharsozlik kodeksining 54-moddasiga ko‘ra, aholi punktlari hududida obyektlarni bosh rejasiz, boshqa zarur hujjatlarsiz loyihalashtirish hamda qurilish ishlari taqiqlanishi belgilangan. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaroriga asosan, qavatlar sonidan qat’iy nazar yakka tartibdagi turar joylar ichida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi taqiqlangan. Shu sababli fuqaro loyihadan so‘ng bir necha marotaba murojaat qilsa-da, ruxsat berilmagan, — deydi mas’ul. 

    Nodir Rejaboyevning aytishicha, yakka tartibdagi uy-joylar uchun mo‘ljallangan hududlarda ko‘p qavatli turar joylar qurilsa kommunikatsiya tarmog‘i bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi.

    Shu sabab hech qachon yakka tartibdagi uy-joylar uchun mo‘ljallangan joydan ko‘p qavatli turar-joylar qurilishiga ruxsat etilmaydi, — deydi mas’ul.

    Vazirlik mas’ullarining sodda qilib tushuntirishicha, Zohmir Group nomli qurilish kompaniyasiga ko‘p qavatli turar-joy uchun pul to‘laganlar aldangan.

    Vazirlikning qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Komilov fuqarolarga murojaat qilib, kelajakda aldanib qolmaslik uchun ko‘p kvartirali uydan xonadon xarid qilishda quruvchilar bilan o‘rtada tuzilayotgan shartnomalarni to‘liq o‘qib ko‘rishni, kerakli hollarda huquqshunoslarga mazkur shartnomani ko‘rsatishni, mazkur shartnomalarga o‘z talab va takliflarini ham kiritishlari lozimligini aytmoqda. 

    Fuqarolarimiz bitmagan uy-joy sotib olayotganda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy saytidan quruvchi tashkilot haqida ma’lumot olishlari kerakligini eslatib o‘tamiz. Fuqarolar saytdan qurilishi boshlangan uy-joylarning qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlari, shuningdek, loyiha va ekspertiza hujjatlari bilan tanishib chiqishi mumkin. Qolaversa, fuqarolar qurilish boshayotgan quruvchining 20 foiz mablag‘ga ega ekanligi, bankdan alohida hisob raqam ochganligini ko‘rib, bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Shu sabab quruvchining Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tganligini ko‘rishlarini tavsiya etamiz, — deydi Elyor Komilov.
    14.09.2023, 18:33   Izoh (0)   10514
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda bir uy ikki xaridorga pullandi. Prokuratura nega sukut saqlamoqda?

    07.10.2019, 10:34

    Qashqadaryoda bir uyni ikki xaridorga pullagan quruvchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

    08.10.2019, 09:45

    Bosh prokuratura “Qashqadaryoda bir uy ikki xaridorga pullandi” sarlavhali maqola yuzasidan bayonot berdi

    14.10.2019, 19:18

    Mehnat migratsiyasining muhojir ishchilarning oilaviy hayotiga taʼsiri. Hijronda qolgan farzandlar taqdiri

    14.09.2023, 18:25

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida qator takliflar bildirdi

    14.09.2023, 18:12

    O‘zbekistonliklar 2-oktabrda ham dam oladi

    14.09.2023, 17:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.