• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Rossiyaga aloqasi yo‘q”. Pashinyan Armaniston nega Rim statutini ratifikatsiya qilayotganini tushuntirdi

    Armaniston Ozarbayjon bilan chegaradagi voqealarni tekshirish uchun Xalqaro jinoyat sudi (XJS) ta’sis hujjati – Rim statutini ratifikatsiya qilishni boshladi, dedi bosh vazir Nikol Pashinyan Jamoat televideniyesiga bergan intervyusida.

    Foto: “TASS”

    Uning aniqlik kiritishicha, gap 2021-yil may va 2022-yil sentabr oylarida chegarada sodir bo‘lgan voqealar haqida ketmoqda; ratifikatsiya jarayonining o‘zi o‘tgan yilning dekabrida boshlangan. XJS ishtiroki “Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti o‘z majburiyatlarini bajarmagan va bajarmayotgan” sharoitda Armaniston xavfsizligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Pashinyanning taʼkidlashicha, Yerevan sodir bo‘layotgan voqealarni eʼtiborsiz qoldira olmaydi, hukumat qo‘shimcha xalqaro xavfsizlik vositalarini olishga urinmoqda.

    “Afsuski, Rossiya va Gaaga jinoyat sudi o‘rtasidagi munosabatlar kontekstida bu yomon tasodif bo‘ldi. Ratifikatsiya jarayonining arman-rus munosabatlariga mutlaqo aloqasi yo‘q, chegaradagi taranglik bilan bog‘liq”, — deya tushuntirdi Pashinyan

    Pashinyan Yerevan nizomni nega ilgari ratifikatsiya qilmaganiga izoh berar ekan, o‘shanda respublika Konstitutsiyaviy sudi ushbu hujjat va Asosiy qonun o‘rtasidagi zidlikni aniqlaganini aytdi.

    “2015-yildan beri Armanistonda yangi konstitutsiya mavjud, bu zidlik yo‘q bo‘lib ketdi va biz o‘z yo‘limizda olg‘a ketyapmiz, chunki biz bu hujjatni imzolaganmiz”, — dedi bosh vazir.

    AQSH bilan harbiy mashg‘ulotlar va Pashinyan rafiqasining Ukrainaga borishi

    Rossiya tomonining boshqa daʼvolariga javoban Pashinyan arman va amerikalik harbiylar o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar birinchi marta o‘tkazilmayotganini eslatib, rafiqasining Ukrainaga tashrifini siyosiylashtirmaslikka chaqirdi. U rafiqasi anchadan beri boshqa davlatlar birinchi xonimlari bilan xalqaro hamkorlik doirasidagi yordam tadbirlarda ishtirok etib kelayotganini alohida ta’kidladi.

    Armaniston 1999-yilda Rim statutini imzolagan, ammo uni ratifikatsiya qilmagan. 2022-yil oxirida hukumat Armaniston Konstitutsiyaviy sudidan Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘dagi xatti-harakatlarini ko‘rib chiqish uchun XJS yurisdiksiyasini tan olishni so‘radi. 1-sentabr kuni Armaniston hukumati parlamentga XJSning Rim statutini ratifikatsiya qilish loyihasini yubordi. Bunga javoban Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armanistondan tushuntirish so‘radi.

    Ratifikatsiyadan keyin Armaniston Putinni hibsga olishga majbur bo‘ladi

    Eslatib o‘tamiz, 17-mart kuni XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi. Ular Rossiya kuchlari tomonidan bosib olingan Ukraina hududidan bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda ayblanmoqda. Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar agar Putin ularning hududiga qadam bossa, Rossiya prezidentini hibsga olishga majbur bo‘ladi.

    11-sentabr kuni Armanistonda AQSH kontingenti bilan harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. Yil boshidan beri Yerevan KXSHT bilan ikkita mashg‘ulotda qatnashishdan bosh tortgandi.

    12.09.2023, 12:50   Izoh (0)   7458
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Armaniston rasmiysi KXSHTga a’zolik sabab yuzaga kelayotgan muammolar haqida gapirdi

    05.06.2023, 11:22

    Armaniston va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

    06.09.2023, 14:15

    Rossiya Armanistonni “nodo‘stona harakatlar”da ayblab, elchisini TIVga chaqirtirdi

    08.09.2023, 22:05

    AQSH Eronning 6 mlrd dollarlik aktivlarini blokdan chiqarishni tasdiqladi

    12.09.2023, 12:18

    Kataloniya mustaqilligi uchun 100 ming odam mitingga chiqdi

    12.09.2023, 11:46

    “Rossiya sobiq sovet respublikalarining barchasi bilan urishishga majbur bo‘ladi” — Duma deputati Fyodorov

    12.09.2023, 11:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston dunyo ruhiy salomatligi reytingida past o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 12:31

    SQB dan “TEZKOR+” krediti — biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim

    Reklama | 15 iyul, 12:00

    Sevimli multfilmlardagi yovuz qahramonlarning xatti-harakatlari ortida yashiringan psixologik jarohatlar

    Madaniyat | 15 iyul, 12:20

    Grok Pentagon bilan 200 million dollarlik bitim imzoladi

    Dunyo | 15 iyul, 12:10

    Hojimat Erkinov “Paxtakor”ga qaytdi

    Sport | 15 iyul, 12:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.