Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 3,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, episentri Shahrisabz tumani bo‘lgan yer silkinishi magnitudasi 3,2, chuqurligi 15 kilometr bo‘lgan. Zilzila 12-sentabr kuni soat 21:14 da qayd etilgan. Zilzila episentri Toshkentdan 312 km janubi-g‘arbda.
Izoh (0)