Andijon viloyatida Nexiga’ga urilgan Lacetti ag‘darilib ketgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 12-sentabr kuni soat 11:00 larda Andijon tumani “Chem” MFY hududida haydovchi 2003-yilda tug‘ilgan T.O. o‘zining Lacetti’sini boshqarish davomida quvib o‘tish qoidasini buzgan. U o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan Nexia’ning oldi o‘ng qanot qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohati olib, tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Izoh (0)