Markaziy bank Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalari sotuvga qo‘yilishini e’lon qildi.
Ushbu tangalar sotuvi 29-avgustdan boshlanadi. Oltindan tayyorlangan tangalar og‘irligi 15 va 20 gramm, kumushdan tayyorlangani og‘irligi esa 31,1 gramm.
Mazkur esdalik tangalari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asllik sertifikatlari bilan sotiladi.
Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.
Izoh (0)