Buxoro viloyati Kogon shahrida 2 tup daraxt kesgan shaxs tabiatga 42 mln so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 13-mart kuni Kogon shahridagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga tegishli eski futbol stadioni hududidan fuqaro B.A. hech qanday ruxsatnomasiz 2 tup manzarali shumtol daraxtini kesib tashlagani aniqlangan. Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid bayonnomalar rasmiylashtirilib, 42 000 000 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Hozirda ushbu hududda hech qanaqa daraxt kesilmagan hamda hududdagi daraxtlar soni, qanaqa turga kirishi, yoshi shakllantirilgan.
Izoh (0)