“Navoiyuran” bosh direktori Jahongir Hasanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9-sentabr kuni “Navoiyuran” bosh direktori vazifasini bajarish tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Jamol Fayzullayev zimmasiga yuklatildi.

Jahongir Hasanov 2022 yildan buyon “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning qaysi ishga o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)