AQSH senati Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uchun “Jekson-Venik” tuzatishini bekor qilmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.
![](/static/Taqdirlov/aqs.jpg)
Xabarga ko‘ra, har ikki partiya senatorlari “Jekson-Venik” tuzatishini Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uchun bekor qilish taklifi bilan chiqqan. “Jekson-Venik” tuzatishi AQSHning inson huquqlarini buzayotgan davlatlar bilan savdosini cheklaydi. U SSSR bilan tovar ayirboshlashni qisqartirish maqsadida joriy qilingan, ammo Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ham o‘z kuchida qoldi. Alohida respublikalar uchun u bosqichma-bosqich bekor qilindi.
Ekspertlarning fikricha, Ukrainadagi urush va Rossiya bilan qarama-qarshilik fonida qolgan Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan tuzatishning bekor qilinishi mantiqiy qadam bo‘lib, ularning Rossiyadan bosqichma-bosqich chiqib ketishiga turtki bo‘ladi.
Biroq, boshqa tomondan, bu imo-ishora faqat ramziy ma’noga ega bo‘ladi, chunki hozirgi vaqtda tuzatish Amerikaning qayd etilgan mamlakatlar bilan savdosiga ta’sir qilmaydi.
Izoh (0)