Toshkentning Bektemir tumanida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan elektrobus YTHga uchradi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 7-sentabr kuni soat 17:20 larda 13T-sonli Yutong elektrobusi YTHga uchragan. Elektrobus Suvsoz dahasidan Toshkent vokzali Husayn Bayqaro ko‘chasi Quyuv Mexanika zavodi qarshisida 34-35 kilometr tezlikda harakatlanib ketayotganida ikki yo‘nalishli harakat oqimiga 3 ta transport kirib kelib, avtobusga xalaqit bergan.
Shu sababli haydovchi elektrobusni o‘ng tomonga burgan va yo‘l yoqasida turgan beton ustunga urilgan.
Oqibatda elektrobusdagi yo‘lovchilarning besh nafari hamda haydovchi tan jarohati olgan. Tan jarohati olgan yo‘lovchilar Shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi va Toshkent shahar 4-sonli klinik shifoxonasiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborilgan. Elektrobus texnik shikastlangan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)