Argentinalik futbolchi Lionel Messi Ekvadorga qarshi bahsda (1:0) jarima zarbasidan gol urdi.
Leo jarima zarbalaridan urgan gollari sonini 65 taga yetkazdi va bu borada Devid Bekhem bilan tenglashib oldi. Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu esa faoliyati davomida 60 marta jarima zarbasidan gol urgan.
Jarima zarbalaridan gol urish bo‘yicha rekord Juninyo Pernambukanoga tegishli. Braziliyalik yarim himoyachi 77 marta standartdan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Ikkinchi o‘rin esa afsonaviy futbolchi Pelega (70 ta gol) tegishli. Viktor Legrotalye va Ronaldinyolar keyingi o‘rinlardan joy olgan. Har ikkala futbolchi 66 marta jarimadan gol urgan.
Izoh (0)