Mustaqil kasaba uyushmalari va davlat xizmatchilari markaziy ittifoqi e’lon qilgan press-relizda Ispaniyaning davlat maktablarida 44 mingga yaqin o‘qituvchi yetishmasligi ma’lum qilindi.
“Taʼlim xodimlari markaziy mustaqil kasaba uyushmasi (CSIF) tomonidan tuzilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 2010-yildagi shtat qisqartirishidan so‘ng, xalq taʼlimi tizimida hozirda 43 752 nafar o‘qituvchiga ehtiyoj bor”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, kasaba uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, talabalar va o‘qituvchilar nisbati o‘sishda davom etmoqda. Tug‘ilishning kamayishi tufayli bolalar soni kamayib borayotgan bo‘lsa-da, xalq ta’limi muassasalariga qamrab olingan bolalar soni 653 791 nafarni tashkil etib, bu so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bundan tashqari, vaqtincha bandlik darajasi yuqoriligicha qolib, o‘rtacha 22,47 foizni tashkil etmoqda.
“Shu munosabat bilan, CSIF kelgusi uch yil ichida 2010 yildan beri to‘plangan kamomadni kamaytirish uchun 43 752 qo‘shimcha bo‘sh ish o‘rinlarini ochishni talab qiladi”, — deyiladi kasaba uyushmasi xabarida.
Izoh (0)