Olmaotadagi restoranlardan birida tunda otishma yuz berdi, oqibatda ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda “Polisia.kz” xabar berdi.
Voqea 3-sentabr kuni yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, restoran zaliga niqobli noma’lum shaxslar kirib, ma’lum bir stolga yaqinlashgan va mehmonlarga to‘pponchadan o‘q uzgan. Otishma oqibatida tamaddixonaning ikki nafar mehmoni jarohatlangan. Voqea haqida politsiyaga xabar berilgan.
“Ushbu fakt Olmaota shahrining Bo‘stadiq tumani politsiya bo‘limi tomonidan qayd etilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda mazkur jinoyatni ochishga qaratilgan kompleks tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, — deya xabar beradi Qozog‘iston IIV.
Keyinroq politsiya gumondorlardan biri allaqachon hibsga olinganini aytdi.
Izoh (0)