Bayram kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, so‘nggi haftada O‘zbekistonda mintaqa uchun avgust oyining oxiriga xos bo‘lmagan ob-havo bo‘ldi. 31-avgust kuni, bayram kunlari arafasida, butun respublika bo‘yicha yomg‘ir to‘xtadi va osmon asta-sekin bulutlardan tozalanmoqda.
1—3-sentabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi 25-30 daraja bo‘lgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab sezilarli darajada salqin, harorat 14-17 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentda 31-avgust va 1—2-sentabr kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi. 3-sentabrda bulutli ob-havo biroz kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kunduzi 26-29 daraja, kechasi 15-17 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)