AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning fikricha, rasmiy tadbirlar vaqtida oyoqda turolmayotgan Jo Bayden mamlakatni boshqara olmaydi.
“Havo kuchlari akademiyasining bitiruv marosimida Bayden hatto oyoqda to‘g‘ri turolmadi. U samolyot trapidan yiqilmasdan ko‘tarilolmaydi. Va eng muhimi, u ikki gapni eplab aytishga qodir emas”, — dedi Tramp ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videomurojaatida.
Amerikaning 45-prezidenti fikricha, bularning barchasi Bayden AQSHdek yirik davlatni boshqarmasligi kerakligini anglatadi.
Tramp Baydenni “sharafsiz”, — deb atadi. — Uni nafaqat ahmoq va qobiliyatsiz, balki aqldan ozgan deb o‘ylayman”. Baydenning atrof-muhit, migrantlar va liberal qurollarga oid siyosati mamlakatni jahannamga olib boradi, dedi Tramp.
“Oxir-oqibat bu odam tufayli hech qanday sababsiz uchinchi jahon urushi boshlanadi”, — deydi Tramp.
Izoh (0)