Saudiya Arabistoni ligasi vakillari mahalliy klublarning Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etish ehtimolini yuqori baholamoqda.
![](/static/picture.jpg)
Avvalroq, Saudiyaliklar mahalliy klublarning Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyatini o‘rganayotgani xabar qilingandi. UEFA esa bu ma’lumotlarni rad etgandi.
Saudiya ligasining operatsion direktori Karlo Nohra Bloomberg’ga bergan intervyusida: “Biz boshqacha bo‘lishga harakat qilmoqdamiz, shuning uchun ligaga kiritilishi mumkin bo‘lgan har qanday formatdagi o‘zgarishlar yoki yaxshilanishlar mamnuniyat bilan qabul qilinadi”, — deb aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, funksioner Saudiya Arabistoni ligasi hamon Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish g‘oyasiga sodiq qolayotganini ham qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)