Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turida “Inter” 28-avgust, dushanba kuni “Kalyari”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida milanliklar 2 ta gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Dastlab Denzel Dumfris o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, biroz vaqt o‘tib, Lautaro Martinez “nerazzuri”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Qayd etib o‘tish joiz, 85-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Zappaning o‘rniga maydonga tushirildi.
“Inter” mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shomurodov to‘p surayotgan “Kalyari” esa 1-turdagi durangdan so‘ng mag‘lubiyatga uchradi.
A Seriya
2-tur bahsi
28-avgust, dushanba
“Kalyari” – “Inter” 0:2
Gollar: 0:1 – 21 Dumfris, 0:2 – 30 Martines.
“Kalyari”: Radunovich, Zappa (Shomurodov, 85), Dossena, Obert, Aujello, Nandes, Yankto (Assi, 60), Makumbu, Oristanio (Di Pardo, 46), Sulemana (Deyola, 85), Pavoletti (Luvumbu, 35).
“Inter”: Zommer, Dumfris (Kuadrado, 71), Darmian, de Vrey, Bastoni, Dimarko (Karlos Augusto, 71), Mxitaryan (Sensi, 82), Chalhano‘g‘lu, Barella (Frattezi, 71), Tyuram (Arnautovich, 77), Martines.
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (81), Luvumbu (81).
Izoh (0)