Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12,63 so‘mga ko‘tarilib, 12 084,84 so‘m bo‘ldi. Yevro 20,91 so‘mga oshib, 13 068,55 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,04 so‘mga tushib, 126,52 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 072,21 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)