O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan jami 122 468 ta nikoh qayd etildi, deb xabar beradi Statistika agentligi.
Qayd etilgan nikohlarda kelinlarning yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:
- 30 yoshgacha – 109 550 nafar;
- 31-40 yosh – 10 000 nafar;
- 41-50 yosh – 2 174 nafar;
- 51 yosh va undan kattalar – 744 nafar.
O‘zbekistonda shu yilning dastlabki olti oyida qayd etilgan nikohlar soni o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 10 000 taga kamaygani to‘g‘risida xabar berilgandi. Nikohlarning o‘sish surʼati eng yuqori darajasi Xorazm, Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan. Eng past o‘sish darajasi Toshkent, Jizzax, Andijon, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd qilingan.
Shuningdek, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoki uylantirish 4 million 950 ming so‘m jarima solishga sabab bo‘lishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)