23-avgust chorshanba kuni Hindistonning Chandrayaan-3 avtomatik stansiyasi tomonidan Oyga yetkazilgan “Pragyan” lunoxodi Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi yuzasida sakkiz metr masofani bosib o‘tdi. Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) ma’lum qildi.
“Lunoxodning barcha rejalashtirilgan harakatlari tasdiqlandi. Oyga uchirilgan qurilma 8 metrga yaqin masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tdi”, — deyiladi tashkilot xabarida.
ISRO maʼlumotlariga ko‘ra, lunoxoddagi LBIS spektroskopi va APXS spektrometri ilmiy izlanishlar o‘tkazish uchun faollashtirilgan.
“Parvoz moduli, qo‘nish moduli va lunoxodning barcha foydali yuki normal ishlamoqda”, — deyiladi kosmik agentlik xabarida.
Izoh (0)