Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev taklifiga binoan 22-avgust kuni rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga yetib borgandi. Tashrif davomida Haydar Aliyev qabrini ziyorat qilgach, Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurdi.
Ozarbayjon poytaxtining qoq markazida joylashgan ushbu yodgorlik majmuasida mamlakat ozodligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida qurbon bo‘lgan yurt qahramonlari dafn etilgan.
O‘zbekiston yetakchisi yodgorlikka gulchambar qo‘yib, Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Birgalikda Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurish, davlat rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)