Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 10,09 so‘mga pastlab, 12 089,93 so‘m bo‘ldi. Yevro 4,95 so‘mga tushib, 13 185,28 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,11 so‘mga ko‘tarilib, 128,43 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 100 so‘mdan oshgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Mamlakatda dollar kursi 10-avgustdan buyon 12 ming so‘mdan yuqori bo‘lib turibdi.
Izoh (0)