Kanadalik reper Dreyk Kaliforniyaning Inglvud shahridagi Kia forumida o‘z konserti chog‘ida muxlisiga qimmatbaho sumka sovg‘a qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net” nashri.
36 yoshli xonanda saytlarda taxminan 35 000 dollarga sotilgan pushti Hermes Birkin sumkasini oldingi qatordagi muxlisga sovg‘a tariqasida berdi.
TikTok’da e’lon qilingan videoda xonanda qo‘lida qimmatbaho aksessuar bilan sahnada aylanib, o‘z muxlisiga sumkani bergani aks etgan. Shundan so‘ng xonanda muxlisi dasturdan so‘ng chiqib ketayotganida uning xavfsizligi ta’minlanishini qo‘chimcha qilgan.
Dreyk 2017-yilda The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida ko‘p yillar davomida Hermes Birkin sumkalari kolleksiyasini “qachondir ko‘ngil qo‘yadigan ayoli” uchun yig‘ib kelayotganini aytgan.
Dreyk bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining ismini aytmagan, biroq ma’lumki, xonanda Rianna, Juliya Foks, Jennifer Lopes, Ket Dennings, Xeyli Biber, Bella Xadid va boshqalar bilan munosabatda bo‘lgan.
Izoh (0)