• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Men shunchaki nimani ko‘rsam, shuni ko‘radigan, nimani his qilsam, aynan o‘sha narsani his qiladigan odamni izladim, xolos…” “Hammasi har joyda va bir vaqtda” filmi haqida

    O‘qish davomiyligi: 5-6 daqiqa

    Nimadan boshlandi o‘zi?

    Marvel kinoga multiolamlar tushunchasini olib kirgach, qaysidir ma’noda imkoniyatlar kengaydi. Ssenariy tugab qoldi, degan qo‘rquv bir muncha ortga chekindi. Endi bir qahramonning istalgan versiyasini o‘zi bilan yuzlashtirish, kezi kelganda, muxlislar e’tiborini ushlab turish uchun bir-biriga qarshi qo‘yish yoki ikkalasi birgalikda allaqaysi antogonistga qarshi kurashishi uchun sharoit yaratish oson bo‘lib qoldi. Yo‘q, ensangiz qotmasin, bugungi kinotaqriz Marvel mahsuloti emas, balki ancha yillar oldin g‘oyasi pishitilgan, vaziyat taqozosi bilan yillardan yillarga sudrab yurilgan, faqat yaqin yillardagida suratga olingan va eng qizig‘i, kino namoyish etilishi bilanoq bir emas, ikki emas, yettida Oskarni qo‘lga kiritgan shedevr — “Hammasi har joyda va bir vaqtda” kinosi haqida gaplashamiz.

    Foto: Forbes

    Multiolamni eslaganim sababi (To‘g‘ri, butun boshli kino multiolam ustida qurilgan, lekin gap boshqa yerda) ko‘pchilik, bilishimcha, multiolam Marvel orqali kirib kelgan deb hisoblar ekan, rasman kirishga kirib kelgan-u, faqat uning g‘oyasi hali Tanos personaji o‘ylab topilmagan paytda, rejissorlar Deniel Shaynert, Den Kvanning ajoyib miyalarida pishib ulgurgan edi.

    Kino atrofidagi kuzatuvlar

    Davlat: AQSh

    Janr: fantastika, drama, komediya

    Premyera: 2022

    Rejissorlar: Deniel Shaynert, Den Kvan

    Aktyorlar: Mishel Yeo, Jeymi Li Kyortis, Ke Xyui Kuan, Stefani Syu Jeyms Xun

    Mukofotlar: 7 ta Oskar (Yettita!)

    “Hammasi har joyda va bir vaqtda” ko‘plab janrlarni o‘zida mujassam etgan multiolam haqidagi film. Bilaman, sizni nima bo‘lganda ham, ming oqlashga urinma, film yaratuvchilari hozirda multiolam mavzusi ommalashib, mashhurlashib borayotgani uchun filmni shu yo‘nalishda suratga olishgan, degan qichiq o‘y qitiqlab o‘tyapti. Lekin (yana qaytaraman) unday emas. Filmning ilk ishlarini rejissorlar 2010-yilda boshlagan. Rejissorlardan biri esa 2018-yilda chiqqan Mayles Morales ijrosidagi “O‘rgimchak-odam: Olamlar aro” multfilmini yaratishda yaqindan yordam bergan hamda ushbu filmga “Qasoskorlar: Abadiyat janggi”, “Qasoskorlar: Intiho” filmlari bilan yaxshigina ommaga tanilgan aka-uka Russolar prodyuserlik qilishgan. Kasting jarayoni ham qiziq bo‘lgan. Aslida, filmdagi bosh qahramon erkak kishi bo‘lishi kerak edi va u rolga birorta heyteri yo‘q aktyor Jeki Chan nomzodi qo‘yilgandi. Lekin keyinchalik rejissorlar bosh qahramonni ayol kishiga o‘zgartirish eng maqbul yo‘l ekanligini anglab yetishgan.

    Foto: Forbes

    Asosiy rolga esa doim epizodik yoki ikkinchi darajali rollardan buyog‘iga hatlay olmagan Mishel Yeo tanlanadi, natija esa aktrisa noto‘g‘ri tanlanmaganligini ko‘rsatib qo‘ydi. Ochig‘i, mening ham bu aktrisaga hushim yo‘qroq edi, ijrolarini yaxshi o‘ynasa-da, maromiga yetmagandek tuyulardi. (Bilmadim, o‘zi shunday-ku, ba’zida kimnidir besabab yomon ko‘rib qoladi odam.) Uning filmdagi qizi roliga esa avvaliga Awkwafina (Shan-Chining yaqin do‘sti) taklif etilgan. Ammo aktrisa kino yaratuvchilari bilan kelisholmagach, loyihani tark etgan. Bosh qahramon Evelinning turmush o‘rtog‘i Veymond rolini ijro etgan Ke Xyui Kuan 2002-yilda aktyorlik karyerasini tugatishga majbur bo‘lgan edi. Ya’ni unga 1984-yilda chiqqan “Indiana Jons” filmidagi rolidan so‘ng boshqa takliflar kelmagan edi. Va mana oradan shuncha yil o‘tib, u yana kinoga qaytdi va hatto Oskarni ham qo‘lga kiritdi.

    Filmni tasvirga olish ishlari 2020-yilning yanvar oyida boshlangan va juda qisqa fursat — 38 kunda suratga olingan. Ko‘p sahnalar tezlashtirilgan holda yuqori chastotada suratga olingan. Bundan maqsad montaj vaqtida kadrlarni sekinlashtirgan holda to‘g‘rilash edi. Suratga olish borasida esa filmning omadi kelgan, chunki rejissorlar filmni pandemiya boshlanguniga qadar suratga olib bo‘lishgan. Film ancha vaqt va qiyinchiliklardan so‘ng, 2022-yilning mart oyida premyera qilingan. Film 14-25 mln dollar atrofidagi budjet bilan 138 mln dollar kassa yig‘ishga erishdi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Film sujeti murakkab emas, lekin mavzu multiolam bo‘lgani uchun odamni biroz chalkashtiradi. Ammo film yaratuvchilari bu mavzuni iloji boricha oddiy qilib tushuntirishga harakat qilgan va menimcha, aynan shuning uchun, ya’ni tushunarsiz narsani sodda tilda tomoshabinlarga yetkazib bergani uchun ham shuncha sovrinni qo‘lga kiritgan.

    Foto: Forbes

    Sujet, tahlil, hissiyot — uchtasi birda

    Yigirma yildan beri Amerikada yashab kelayotgan Veymond, Evelin, otasi va qizi Joyning kichik biznesi — kir yuvish xizmatlari bor. Lekin biznes ham inqiroz holatida. Soliqlardagi muammolar Emelinning tinka-madorini quritgan. Shuning uchun u oilasiga umuman vaqt ajratmay qo‘ygan, eriga esa xuddi xizmatkorlarga murojaat qilgandek muomala qilib qolgan. Veymond oradagi munosabat yaxshi emasligi tufayli xotini bilan ajrashmoqchi. O‘rtadagi yagona qiz — Joy esa munosabatlar o‘rtasida sarson, u onasi bilan oxirgi marta qachon hasratlashganini eslolmaydi, gapirish uchun og‘iz ochgan hamono onasi vaqti yo‘qligini ro‘kach qilib, uni eshitmaydi. Shunday tig‘iz va murosasiz kunlardan birida g‘alati ishlar boshlanadi.

    Boshqa olamdagi alfa-Veymond ushbu olamdagi Veymondning tanasini boshqarib, Emelinga hammasini tushuntirishga harakat qiladi. Aniq bo‘lishicha, juda ko‘p parallel olamlar mavjud, ularning qizi Joy esa barcha olamlarda bitta bo‘lib, qudratli kuchga ega. U multiolamni yo‘q qilish kuchiga ega qora tuynukka o‘xshash dahshatli narsa yaratadi. Uni bu fikridan qaytaradigan yagona odam esa onasi Emelin. Joy esa Emelinga noma’lum bo‘lgan sabablar bilan uni barcha olamdagi versiyalarini o‘ldirmoqchi. Natijada, juda katta xaos ichida pala-partish janglar yuzaga keladi. Emelin va boshqalar maxsus qurilma orqali ahmoqona, lekin kino tomoshabinlarning diqqatini jalb qiladigan shartlarni bajargan holda o‘zining boshqa olamdagi variantida bo‘lgan qobiliyatlarini ishlatib, jangda foydalanadi. Ular bir-biridan qiziq va bir-biridan ajoyib bo‘lgan olamlarda bo‘lishadi. Umumiy qilib aytganda, multiolam shunchalik ko‘p va hayratlanarliki, buni o‘sha kinoni ko‘rgan odamgina tushuna oladi.

    Aniq bo‘lishicha, Joy shunchaki boshqa olamlardan uni tushunadigan, dardlarini eshitadigan, ko‘mak va maslahatlarini ayamaydigan onasini izlagan. Shuncha multiolam bo‘la turib, birontasidan bunday onasini topolmagach, la’nati multiolamni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan. Oxir-oqibat, asosiy Emelin holatni tushunib yetib, Joyni fikridan qaytarishga hamda oilasidagi hamjihatlikni tiklashga erishadi. O‘zi shunday murakkab taassurot qoldirgan filmning tub ma’nosi, ildizi ham shu — qanday vaziyatda va qayerda bo‘lmasin, har doim yaqinlarimizga e’tiborli bo‘lishimiz, ularning fikrini inobatga olishimiz, nima xohlashlarini so‘rashimiz va albatta, ko‘proq mehr berishimiz kerakligini uqtirishga urinishgan.

    Foto: Kino-Teatr

    Salohiyat nuqtai nazaridan bizdan ancha ilgarilab ketgan film yaratuvchilari ushbu azaliy muammoni multiolam mavzusida ajoyib qilib ko‘rsatib bergan. Filmning shakliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u ham tahsinga sazovor: har bitta katta sahnaga alohida musiqa bastalangan. Filmning montaji va vizual effektlari yaxshi va kreativ ishlangan. Eng qizig‘i, filmning grafikasi ustida ishlagan besh nafar ishchi bu sohaga doir hech qaysi oliygohni bitirmagan. Ular hammasini internetdagi tekin yoki pullik darslardan o‘rgangan oddiy havaskor montajchilar guruhi edi. Shunday bo‘lsa ham montaj yo‘nalishida Oskarni qo‘lga kiritishdi. Tasavvur qilayapsizmi, oddiy havaskor bir yildan so‘ng taqdirlash marosimida kino olamidagi eng katta mukofotni qo‘lga kirityapti. Oliygoh hech narsani hal qilmasligiga yana bundan ortiq ajoyib misol bormikan?! Filmdagi jang sahnalari esa Jeki Chan ishtirokidagi filmlardan ilhomlangan. Filmda qora yumor, ilmiy fantastika, fentezi, jang san’ati va animatsiya janrlari mujassam etgan.

    Ha, yana bir narsani aytmasam bo‘lmaydi. Shaxsan menga qaysidir multiolamda Emelinning tosh variant mavjudligi hayratga soldi. Ya’ni, u Emelin, lekin xarsang ko‘rinishida, u na gapira oladi, na eshita. Faqat yumalashni biladi. Qiziq-a?

    Mualliflar bu tartibsizlikni ataylab o‘ylab topishgan, aynan shu tartibsiz, tig‘iz holatda odam o‘z-o‘zini xotirjam holatidagidan ko‘proq va tezroq taftish-u tahlil qiladi, nuqsonlari bir deganda ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, agar siz betartiblikka tushib qolsangiz va hech narsa mantiqiy emasligini his qilsangiz, yo‘lni (yechimni) mehribonlik ko‘rsatish va sevgi orqali topishingiz mumkin. Bu narsa ichki xotirjamlik va atrofdagi hodisalar bilan uyg‘unlikni beradi. Telba dunyo va bu odamlarni o‘zlari kabi qabul qilishga ko‘ndiradi. Hammasining yechimi juda oddiy ekanligini ko‘rsatadi.

    Foto: Kino-Teatr

    Kinodan iqtiboslar

    — Men kurashish uchun tayyor emasman.

    — Menda boshqa tanlov bor deb o‘ylaysanmi?

    — Men sen yo‘q bo‘lgan hayotimni ko‘rdim. Qandayligi esimda yo‘q, lekin ko‘rdim. U juda ajoyib edi!

    — Sen o‘zingning eng yomon versiyangsan.

    — Sen eng kichik qaror hayotning keyingi jarayoniga qanday katta ta’sir qilishini tushunmayapsan chog‘i?

    — Bilaman, hayotingning har bir soniyasida o‘zing uchun muhim narsani o‘tkazib yuborishdan o‘larday qo‘rqasan, lekin men senga aytay: “Har bir xato, har bir umidsizlik seni shu yerga olib keldi”.

    — “To‘ppa-to‘g‘ri” — bu qo‘rqoq odamlar tomonidan yaratilgan kichik, nimjon quti.

    Qiziqarli faktlar

    Multiolamning aqldan ozgan dunyosini yaxshiroq yetkazish uchun filmda juda ko‘p maxsus effektlar mavjud. Biroq, bu mustaqil film bo‘lgani uchun, yuqorida aytib o‘tilganidek, ular uchun mas’ul bo‘lgan jamoa atigi besh kishidan iborat edi. Ular pandemiya paytida uyda o‘tirib, barcha kompyuter grafikalarini yaratgan.

    Filmda Evelin otasi bilan kanton tilida, eri Veymond bilan esa mandarin lahjasida gaplashadi. Evelin va uning qizi joy muloqot qilish uchun xitoy va ingliz tillari aralashmasidan foydalanadi. Bunda ham ishora mavjud. Ya’ni, bir oilada yaqin odamlar turli tillarda muloqot qilishadi va ba’zida o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etish uchun kerakli so‘zlarni topa olmaydi.

    Daniel Redkliff Sunita Mani bilan sahnada barmoq o‘rnida hot-dog sosiskalaridan iborat qo‘llari bilan raqqosa rolini o‘ynashi kerak edi. Aktyor bunday bema’ni rolda o‘ynashdan bosh tortadi. Kamiga, Redkliff Londondagi bir spektakl repetitsiyalari tufayli suratga olish ishlarida qatnasha olmaydi. Natijada, rol A. Lazarga nasib etadi.

    Azizbek Yusupov

    21.08.2023, 06:53   Izoh (0)   12610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sen egalik qilayotgan narsalar vaqti kelib senga egalik qilishni boshlaydi…” — “Jang klubi” filmi haqida

    22.06.2023, 23:40

    “Bu dunyoda ‘yaxshi ishlading’dan ko‘ra yomonroq so‘z mavjud emas!” — “Qat’iyat” filmi haqida

    03.07.2023, 23:20

    “Narigi dunyoga tirik holda o‘tish yo‘lini topsang ham, o‘z vijdoningdan qochib qutulolmaysan! O‘zingdan qanday qochasan?..” “Mashinist” filmi haqida

    05.08.2023, 23:30

    Rejissor, yozuvchi, vino ishlab chiqaruvchi va buyuk fransuz aktyori Pyer Rishar ishtirok etgan eng yaxshi komediyalar

    19.08.2023, 13:36

    “Chiroyli qiz, yaxshi qiz Lida”. Rossiyalik aktrisa Natalya Seleznyovaning taqdiri qanday kechdi? (foto) 

    18.08.2023, 14:50

    “Barbi”ning mashhurlik siri nimada: Mallasoch qo‘g‘irchoq haqidagi film qanday qilib xitga aylandi?

    18.08.2023, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.