ABC telekanali Nyu-York politsiyasiga tayanib xabar berishicha, Manxetten markazida mashina odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida yetti kishi jarohatlangan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshdan 61 yoshgacha bo‘lgan olti erkak, shuningdek, 34 yoshli ayol jarohatlangan. Qayd etilishicha, ular olgan jarohatlar hayotlariga xavf tug‘dirmaydi.
Xabar qilinishicha, haydovchi mashinada voqea joyidan qochib ketgan. Keyinroq u uch mashina ishtirokida YTH sodir etgan. Ushbu YTH natijasida hech kim jabrlanmagan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mashinani Nyu-Jersi shtatining fuqarosi bo‘lgan 29 yoshli ayol boshqargan. U hibsga olingan. Hozirda haydovchi ruhiy holatini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)