“Inter Mayami” Leagues Cup musobaqasining finalida “Neshvill” ustidan g‘alaba qozonib, chempionga aylandi.
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi 44-sovriniga ega chiqdi.
Sports Illustrated va yana bir qancha nashrlar xabariga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi 40 yoshli Dani Alvesni (43 ta sovrin) ortda qoldirdi.
Alvesning sovrinlari soni borasida ikki xil statistika mavjud. Ba’zi manbalarda 46 ta sovrin ko‘rsatilgan, ammo ayrim ma’lumotlarda Alvesning erishgan sovrinlari 42 ta ekani qayd etilgan.
2001-yilgi Baiya chempionligi va Nordeste Kubogidagi g‘alaba so‘roq ostida qolmoqda. O‘shanda Alves “Baiya” safida o‘ynagan. Bundan tashqari 2018-yilgi Fransiya Superkubogi ham hisobga kiritilmagan, chunki Alves o‘sha o‘yinda “PSJ” qaydnomasidan joy olmagan. Shuningdek, Danining 2003-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Braziliya bilan chempionligi ham hisobga kirmaydi degan taxminlar mavjud.
Messi “Barselona” safida 10 marta La Liga, 4 marta Chempionlar Ligasi, 8 marta Ispaniya Superkubogi, 7 marta mamlakat Kubogi, 3 martadan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va Yevropa Superkubogida zafar quchgan. “PSJ” bilan esa 2 marta Fransiya chempionligiga erishgan va bir marta mamlakat Superkubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. .
Argentina terma jamoasi bilan Jahon Chempionligi, Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Olimpiada va yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan. Undan tashqari Finallissima chempionligini ham qo‘la kiritgan.
Izoh (0)