Turkiyada firibgarlik maqsadida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ovozini soxtalashtirib, undan foydalangan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, erkak sun’iy intellekt yordamida ovozni soxtalashtirgan. Shundan so‘ng u GSM liniyalaridan yuqori lavozimli davlat amaldorlari va tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qila boshlagan. U abonentlar bilan qanday kelishuvlarga erishgani haqida xabar berilmagan.
Turkiya milliy razvedka tashkiloti gumondorni tezda aniqlab, uni qo‘lga olgan. Hodisadan keyin rasmiylar bunday jinoyatlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirishi haqida bayonot bergan.
Avvalroq Buyuk Britaniyada o‘g‘il otasining hisob raqamidan 70 ming dollar o‘g‘irlash maqsadida bank xodimi bilan suhbat chog‘ida onasining ovozini soxtalashtirgandi.
Izoh (0)