Chexiya Amerika Qo‘shma Shtatlaridan yangi vertolyotlar olishi tufayli eskirgan Mi-24V vertolyotlarni foydalanishdan chiqaradi va ularni Ukrainaga topshiradi. Bu haqda Chexiya mudofaa vaziri Yana Chernoxova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mi-24V/35 vertolyotlari kutilganidan ko‘proq vaqt xizmat qilgan bo‘lsa-da, a’lo darajada ishlagan. Chexiya AQSHdan UH-1Y Venom va AH-1Z Viper vertolyotlarini oladi.
“Bugun ular bilan ramziy ravishda xayrlashsak ham, ularning faoliyati hali tugamadi, biz bu vertolyotlardan foydalanish joyini albatta topamiz. Hozircha faqat shuni ayta olaman, Ukrainaga vertolyot yetkazib berish borasida gapirish niyatim yo‘q”, — dedi mudofaa vaziri.
Vazir qancha vertolyot haqida gap ketayotganini aytmadi. Uning aniqlik kiritishicha, Chexiya ham Mi seriyali vertolyotlar uchun ehtiyot qismlarga ega bo‘lishi kerak. Ular sanksiyalar ro‘yxatida, shuning uchun ularni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi.
Izoh (0)