Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida prezident sovg‘asi sifatida berilgan uy boshqa shaxsga rasmiylashtirilgani aytildi. Viloyat kadastr boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Yangiyo‘l shahar hokimining 2022-yil 18-dekabrdagi qaroriga asosan Yangiyo‘l shahar, “Lazzat” MFY, Lazzat ko‘chasi 6-uy 4-xonadon fuqaro Azizova Saodat Primovna nomiga 11:22:01:01:10:0044:0001:004 kadastr raqami bilan “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan.
“Demak, uy egasi o‘zgarmagan va mazkur ko‘chmas mulkka nisbatan oldi-sotdi notarial amaliyoti bajarilmagan. Uy o‘z egalarida”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)