Gavayidagi yong‘in so‘nggi 100 yil ichidagi eng halokatli yong‘inga aylandi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Maui orolidagi tabiiy ofat 96 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
13 ming aholiga ega Laxayna shahri butunlay yonib ketdi. Tinch okeani tabiiy ofatlarga qarshi kurash markazi maʼlumotlariga ko‘ra, 2000 dan ortiq inshoot shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. Ularning aksariyati turar joy binolaridir.
Qutqaruvchilar hozirgacha jabrlangan hududning atigi 3 foizini ko‘zdan kechirishgan. Bu qurbonlar soni ortishi ehtimoli borligini anglatadi. Omon qolish baxtiga muyassar bo‘lgan besh mingga yaqin odam vaqtinchalik joylashtirish markazlariga yuborildi.
Yong‘indan ko‘rilgan moddiy zarar juda katta: hudud gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni o‘nglash uchun taxminan olti milliard dollar kerak bo‘ladi.
Izoh (0)