Toshkent shahar hokimining 8-avgustdagi qarori bilan poytaxtga tegishli qabristonlarda go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatishning yangi tariflari belgilandi.
Unga ko‘ra, musulmonlar uchun bitta go‘r qazish narxi hajmiga ko‘ra 60—150 ming so‘mni tashkil qiladi. Boshqa din vakillari uchun go‘r qazish narxi esa 60-120 ming so‘m etib belgilangan.
Musulmonlar uchun bitta tobut tayyorlash narxi 220 ming so‘mdan 1 million 560 ming so‘mgacha etib ko‘rsatilgan. Uning narxi qanday yog‘och xomashyosi (qarag‘ay, terak daraxti)dan tayyorlanganiga qarab ham farq qiladi.
Raqamli ustuncha narxi o‘lchamiga qarab 40-50 ming so‘mni tashkil etadi.
Ularning batafsil narxi bilan quyidagi jadval orqali tanishish mumkin:
Hujjatda qayd etilishicha, yangi tariflar qabr qazish va marosim xizmatlari uchun xarid qilinadigan xomashyo (tobut uchun taxta, mix, yoqilg‘i, moy va boshqalar) mahsulotlarining narxlari hamda ishchi xodimlarga to‘lanadigan maoshda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini inobatga olib tuzilgan.