“Inter Mayami” stadionida ishlaydigan farrosh Lionel Messidan dastxat olgani uchun ishdan bo‘shatildi.
Kolumbiyalik Kristian Salamanka bir yarim yildan buyon Mayamida yashab kelgan va “Inter Mayami”da farrosh sifatida faoliyati yuritgan.
U Messidan dastxat so‘ragan va shundan so‘ng ishdan haydalgan.
“Avtobus to‘xtaydigan joylarni tozalashim kerak edi. Omadni qarangki, aynan ishlayotgan mahalim avtobus kirib keldi va undan futbolchilar tusha boshladi. Leo eng oxirida tushdi. Men unga qarab: “Hey, jahon chempioni!”, — deya baqirdim. U esa menga qaradi.
Xizmat kiyimimni yechdim, uning ostida esa Argentina libosi bor edi. Messi ushbu libosga dastxat qo‘yib berdi.
So‘ngra qo‘riqchi kelib, meni olib ketdi. Meni ishdan haydashdi. Lekin bu shunga arzirdi”, — dedi Kristian.
“Inter Mayami” ichki qoidalariga ko‘ra, stadion xizmatchilari ish vaqtida yulduzlar bilan suratga tushishi va ulardan dastxat olishi qat’iyan taqiqlanadi.
Qayd etib o‘tish joiz, Lionel Messi “Inter Mayami”ga o‘tganidan so‘ng 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)