Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasida 2023/24-yilgi mavsumdan boshlab qo‘shimcha vaqtlar borasida o‘zgarishlar bo‘ladi.
Cope nashrining xabariga ko‘ra, yangi mavsumdan boshlab, har bir urilgan gol uchun qo‘shimcha bir daqiqa beriladi. Har bir futbolchi almashtirilishi uchun 30 soniya qo‘shiladi. Shu tariqa o‘yindagi har bir to‘xtalishga jiddiy qaraladi.
Shu tariqa har bir o‘yinda qo‘shib berilgan daqiqalar 10 yoki undan ortiq bo‘lishi ham mumkin. Bu tajriba 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida sinab ko‘rilgan.
Izoh (0)