Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
![](/static/nigora/photo_2023-08-04_07-31-23.jpg)
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)