Samarqand viloyati Urgut tumanida 500 kg isteʼmolga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 3-avgust kuni soat 00:05 larda Samarqand viloyati, Urgut tumanida joylashgan “Omonqo‘ton” YPX maskanida Cobalt to‘xtatilib tekshirilganda, kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan, veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda, tegishli hujjatlarsiz 500 kg go‘sht mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlangan.
Yaroqsiz go‘sht mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilinib, hozirda haydovchiga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)