Turkiyaning Bursa viloyatida zavod yonib ketdi. Tez orada yong‘in yaqin atrofdagi yana to‘rtta sanoat obyektiga tarqaldi. Hodisa Marshal Fevzi Chakmak ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘rab olishga, uning yanada kengroq tarqalishining oldini olishga harakat qilmoqda.
Hodisa sabablari va qurbonlar soni haqida ma’lumot berilmagan.
2021-yilning noyabr oyida mazkur hududdagi to‘qimachilik fabrikasida kuchli yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in bir necha o‘t o‘chirish brigadalari tomonidan katta qiyinchilik bilan o‘chirilgan.
Izoh (0)