• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan tabrikladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tabrik matni quyida to‘lig‘icha taqdim etiladi:

    Qadrli vatandoshlar!

    Siz, azizlarni, butun O‘zbekiston xalqini 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Ko‘pmillatli xalqimiz – bizning eng katta boyligimiz, yurtimizdagi millatlar va konfessiyalararo hamjihatlik – barcha yutuq va marralarimizning mustahkam asosidir.

    Azal-azaldan o‘zining do‘stlik, birodarlik va bag‘rikenglik anʼanalari bilan shuhrat qozongan qadimiy va betakror O‘zbekiston zaminida hozirgi vaqtda 130 dan ortiq millat va elat vakillari o‘zaro tinch va ahil yashab, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar, 38 ta do‘stlik jamiyati va 153 ta milliy madaniy markaz erkin faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Mamlakatimizdagi davlat taʼlim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonlari 7 tilda olib borilmoqda, qardosh tilli maktablarda tahsil olayotgan farzandlarimiz davlat hisobidan darslik va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda.

    Barcha hududlarimizdagi “Do‘stlik uylari” turli millatga mansub fuqarolar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.

    Xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarimiz ham O‘zbekistonning do‘stlik va insonparvarlik diyori sifatidagi nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda.

    Bugun – ushbu quvonchli ayyomda “Xalqlar do‘stligi” festivali doirasida o‘tkazilayotgan turli madaniy-maʼrifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar hayotimiz qoidasiga aylangan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” degan g‘oyat muhim tamoyilni yanada keng qaror toptirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanini albatta barchamiz yaxshi tushunamiz.

    Ezgu anʼanamizga muvofiq, millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda hukm surayotgan o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari uchun turli millat va elat vakillari bo‘lgan vatandoshlarimiz bu yil ham davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlandi. Bugungi imkoniyatdan foydalanib, ularning barchasini chin qalbimdan tabriklayman.

    Muhtaram do‘stlar!

    Biz millatlar va konfessiyalar o‘rtasida totuvlikni, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, har bir O‘zbekiston fuqarosining vijdon erkinligini taʼminlashga qaratilgan siyosatimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz.

    Umumxalq referendumida qabul qilingan Asosiy Qonunimizda mustahkamlab qo‘yilgan qoida va meʼyorlar asosida nodavlat tashkilotlarning rolini oshirish, ularning huquqlarini kafolatlash orqali fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.

    Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, so‘nggi olti yarim yilda O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida katta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Buni jahon hamjamiyati vakillari, xalqaro ekspertlar, turli davlatlarning siyosiy arboblari haqli ravishda eʼtirof etmoqda.

    Markaziy Osiyo mintaqasidagi qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar qayta tiklanib, azaliy qardoshlik va birodarlik anʼanalari yangi bosqichda davom ettirilayotgani xalqlarimizning ezgu orzu-umidlari ro‘yobga chiqayotganidan dalolatdir.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Ushbu go‘zal bayram chinakam do‘stlik va bag‘rikenglik yurti bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimizni dunyoga yanada keng tarannum etishga xizmat qiladi, deb ishonaman.

    Fursatdan foydalanib, sizlarni, butun xalqimizni yana bir bor Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy tabriklayman.

    Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

    Muqaddas Vatanimiz – O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin, doimo tinch va barqaror bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    29.07.2023, 10:14   Izoh (0)   6308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilanadi

    27.01.2021, 18:46

    O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi

    29.07.2023, 09:40

    Toshkentning yana ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

    29.07.2023, 09:27

    Qaysi banklar imtiyozli ipoteka kreditlarini ko‘proq berayotgani ma’lum qilindi

    29.07.2023, 08:20

    Toshkentda Malibu-2 urib yuborgan bola vafot etdi

    28.07.2023, 23:58

    Abituriyent qalbaki hujjatlar bilan qo‘lga tushsa nima bo‘ladi?

    28.07.2023, 23:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.