“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi “Atlanta”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (4:0) jamoadoshlari sovg‘a berdi.
![](/static/b1744faf1429ab8260758d08b277c.jpeg)
Florida klubi hujumchisi Deandre Yedlin Beats by Dre quloqchini bilan kadrlarga tushgan. Quloqchin “Inter Mayami”ning ranglari bo‘lgan pushti va qora rang bilan bezalgan.
Ushbu quloqchinlarni qayerdan olgani haqida savolga Yedlin: “Messidan so‘rang. Messi jamoadagi barchaga shu quloqchinlardan sovg‘a qildi. Bilmadim u qayerdan olgan, lekin jamoadagi birinchi o‘yini sharafiga hammamizga quloqchin sovg‘a qildi”, — deya javob qaytargan.
Messi iyul oyida “Inter Mayami”ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Undan oldingi ikki yilni “PSJ” safida o‘tkazgan edi.
Argentinalik futbolchi MLS klubi safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)