Anvar Davletov Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Anvar Davletov tayinlovga qadar Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Aprel boshlarida Siroj Bekchanov Xorazm viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Shuningdek, 1-aprel kuni Xorazm viloyatining Urganch, Qo‘shko‘pir, Bog‘ot, Tuproqqal’a tumanlariga yangi hokimlar tayinlangan edi.
31-mart kuni Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangandi. 2022-yil dekabrda Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tasdiqlanganidan buyon Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgandi.
Izoh (0)