25-iyul, seshanba kuni Yevropa Ittifoqi Kiyevga 1,5 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordamning navbatdagi transhini yubordi, dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.
Bugun biz davlatning ishlashi va infratuzilmani tiklashiga yordam berish uchun yana 1,5 milliard yevro ajratdik. Kelgusida moliyaviy yordam yana ham ko‘p bo‘ladi, — deb yozdi fon der Lyayen ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
2022-yil dekabrida YI kengashi Ukrainaga 2023-yil uchun 18 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagandi. YIga a’zo davlatlar foiz xarajatlarining asosiy qismini qoplaydi.
Yevrokomissiya maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina 2033-yildan boshlab 35 yil ichida kreditlarni to‘lashi kerak bo‘ladi.
- Yanvar oyida Yevrokomissiya Ukrainaga 3 milliard yevro bergandi — bu yordamning birinchi transhi.
- Mart oyidan boshlab har oy 1,5 milliard yevro miqdorida to‘lovlar amalga oshirildi.
- Moliyaviy yordam bo‘yicha avvalgi to‘lov 22-iyun kuni bo‘lgan.
Izoh (0)