TikTok qisqa videoservisida matnli postlar yaratish funksiyasi qo‘shildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilindi.
“Matn — bu bizning kontent yaratish imkoniyatlariga eng so‘nggi qo‘shimchamiz bo‘lib, foydalanuvchilarga hikoyalar, she’rlar, retseptlarni boshqalar bilan baham ko‘rish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Matn rejimida foydalanuvchilar xabar yozishi, fon rangini o‘zgartirishi, tovushlar, stikerlar, xeshteglar qo‘shishi va qoralama saqlashi mumkin.
![](/static/tiktok2.jpg)
Bu, ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, matnli xabarlarni “dinamik va interaktiv” qiladi. Post limiti mingta belgidan iborat.
Boshqa foydalanuvchilar, xuddi videolarda bo‘lgani kabi, postlarga izoh qoldirishlari va duet yaratishlari mumkin.
Izoh (0)