• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident maktablariga kirish imtihoni adolatsiz o‘tkazildimi? Mas’ullar e’tirozli savollarga javob qaytardi

    Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim jamoatchilik faollari Prezident maktablariga kirish imtihonlari adolatsiz o‘tkazilayotgani haqida turli tanqidiy mulohazalar bildirdi. Masalan, imtihonda birinchi va ikkinchi smenalarda bir xil test topshiriqlari ishlatilgani, 4-sinf o‘quvchisiga 8-sinf darsligidan savollar berilgani, Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bu yilgi imtihonda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmayotgani va boshqalar. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati OAV vakillari bilan muloqot o‘tkazib, ushbu masaladagi savollarga javob berdi.

    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    Cambridge Assessment bilan shartnoma tuzilganmi?

    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning aytishicha, hukumat nizomida imtihonlar Cambridge Assessment bilan hamkorlikda o‘tkazilishi belgilangan.

    Alisher Ubbiyev
    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev
    “Imtihonning birinchi bosqichida Bilimni baholash agentligi savollar kitobi va javoblar varaqasini chop etish, va ularni davlat feldyegerlik xizmati orqali maxfiyligi va dahlsizligi taʼminlagan holda hududlardagi masʼul ishchi guruhlarga yetkazish topshirig‘i berilgan. Kirish imtihonlari yakunlangach, javoblar savollar kitobi va javoblar varaqalari muhrlangan holatda qabul qilib olish, test sinovlari natijalarini elektron shaklda Cambridge Assessment‘ga jo‘natish vazifalari yuklatilgan. Imtihonlarning ikkinchi bosqichida Cambridge Assessment vakillari O‘zbekistonga kelib, jarayonda ishtirok etishadi”, — dedi agentlik rahbari.

    Muloqotda Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bosh maslahatchisi Stiv King videoaloqa orqali qatnashdi. U Cambridge Assessment atrofidagi gap-so‘zlar sababini tushuntirdi.

    Stiv King
    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev
    “Bizning tashkilotda ko‘plab yo‘nalishlar mavjud. O‘tgan kuni o‘zbekistonlik isteʼmolchilar tarafidan bizning tashkilotga murojaat bo‘lgan. Lekin so‘rovga shu ish bilan shug‘ullanayotgan emas, balki boshqa bo‘limdagi xodimlar noto‘g‘ri maʼlumot bergan. Yaʼni Manilladagi mijozlar bilan ishlaydigan jamoa vakillaridan biri Cambridge tashkilotining O‘zbekiston bilan ishlamasligini aytib, noto‘g‘ri javob qaytargan. Testlarni o‘tkazish bo‘yicha har yili jamoa tarkibi o‘zgarib boradi. Shunisi aniqki, Cambridge 2019-yildan beri O‘zbekiston bilan testlarni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikda ishlab kelmoqda. Biz 2023-yil uchun ham ushbu mamlakat bilan hamkorlik qilyapmiz”, — dedi u.

    Test savollari tarqalib ketgani rostmi?

    Alisher Ubbiyev test savollari to‘g‘ridan to‘g‘ri tarqalmagani, ayrim bolalar imtihondan chiqib, yodida qolgan savollarni boshqalarga aytib berilishi va shu tariqa baʼzi savollar tarqalishini ta’kidladi. 

    “Shubhalar o‘rinsiz. Hozirda prezident maktablariga kirish uchun tayyorlov kurslari ko‘payib ketgan. U yerda o‘qigan bola testga kirib-chiqqach, o‘ziga tushgan savollar haqida ota-onasi yoki repetitorga gapirib beradi. Bunday holat har yili bo‘ladi. Internetda tarqalayotgan ayrim test savollari bola imtihondan chiqib, esiga kelib aytganidan yozib olingan. Agar Teleram’dagi prezident maktablariga tayyorlov kanaliga eʼtibor berilsa, barcha tarqatilgan savollar soat 12:50 dan boshlab, 18 gacha davom etadi. Vaholanki, birinchi smena imtihonlari soat 08:00 dan 09:00 gacha o‘tkazilgan. Undan keyin barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan”, — dedi u.

    Agentlik rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda xususiy o‘quv kurslari bolalardan ko‘p pul olib, ularni imtihonga tayyorlaydi.

    “Masalan, prezident maktabiga 24 nafar bola qabul qiladigan bo‘lsak, ular 200–300 bolani tayyorlaydi. Shuning uchun ham bolasi imtihondan o‘ta olmasa ota-onalar eʼtiroz bildiradi. Bu tabiiy hol. Bizning imtihonlarga shubha tug‘dirish o‘sha kurslarning qiziqishi deb hisoblanadi. Chunki hamma aybni boshqalarga to‘nkamoqchi bo‘lishadi. Ular ota-onalarga: ‘sizning bolangiz bilimli edi’, deydi”, — dedi Ubbiyev.

     

    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    Birinchi smenadagi savollar ikkinchi smenada ham takrorlanganmi?

    Alisher Ubbiyevning aytishicha, bir smenadagi test topshirig‘i to‘lig‘icha boshqa smenalarga berilmagan.

    “Birinchi smenada tushgan savollarning 2-3 tasi boshqa variantlarda tushgan o‘rinlar bor. Bu har yili bo‘ladigan holat”, — dedi u.

    4-sinf o‘quvchisiga 8-sinf darsligidan test berilgani rostmi?

    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi markaz direktorining o‘rinbosari Iroda Soipova ushbu savolga javob berarkan, shubhalar va eʼtirozlar o‘rinsizligini aytdi.

    “Aslida bu testlarni ko‘rishga hech kimning haqi yo‘q. Lekin turli gap-so‘zlar tarqalgani uchun bitta testlarning variantini olib tahlil qilmoqchimiz. Ko‘rish mumkinki, birorta testda 8-sinf darsligiga oid savol yo‘q. Masalan, birinchi savolda, uch xonali sonlarni ayirish masalasi so‘ralgan. Bu 4-sinf kitobida bor. Yana bir savol doiraning radiuslari to‘g‘risida. Bunda diagonallar orasidagi farqni toping deyapti. Bu 3-sinf standarti. Kasrlar bo‘yicha masala ham 3-sinfda o‘qitiladi. Yuza haqidagi savol bormi, perimetr to‘g‘risidagisimi, barchasi 3-sinfda o‘tilgan masalalar. Mazkur savollar 2017-yildagi darslikdan olingan”, — dedi u.

    Agentlik rahbariyati muloqot davomida OAV vakillariga testlar va Cambridge Assessment bilan tuzilgan shartnomani ko‘rsatdi. Testlarda chindan ham faqatgina 2 yoki 3 ta savol takrorlangan. Cambridge Assessment bilan shartnoma 2023-yil 24-martda tuzilgan. Amal qilish muddati 2023-yil 31-dekabrgacha.

    Imtihon nega uch smenada o‘tkazilyapti?

    Mas’ullarga ko‘ra, joriy yilda Prezident maktablariga kirish uchun talabgorlar soni keskin oshgan. Shuning uchun ham imtihonlar uch smenada o‘tkazilmoqda.

    “Avvallari talabgorlar soni kamligi uchun imtihonni bir smenada olish mumkin edi. Lekin bu yil talabgorlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 30 foizga oshdi. Yaʼni 2022-yilda 41 ming nafar talabgor qiziqqan bo‘lsa, bu yil 56 ming 745 ta talabgor ro‘yxatdan o‘tgan”, — dedi Alisher Ubbiyev.

    Maʼlum qilinishicha, bu yil Andijon viloyatida rekord darajada ko‘p — 6 ming nafardan ortiq talabgor hujjat topshirdi. Bunda bir o‘ringa 267 nafar bola to‘g‘ri keldi. Ulardan bir vaqtda imtihon olish uchun bino yetarli emasligi bois, joylar sig‘imidan kelib chiqib, imtihonlar ko‘proq smenada tashkil qilingan. 

    24.07.2023, 14:06   Izoh (0)   10301
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini urushda qatnashmaslikka chaqirdi

    24.07.2023, 13:45

    Olmaliqda ikki yosh bolani axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    24.07.2023, 13:21

    Shavkat Mirziyoyev 66 yoshga to‘ldi. Qo‘shni va hamkor davlatlar rahbarlaridan tabriklar kelishni boshladi

    24.07.2023, 13:14

    O‘zbekistonga haftaning ikkinchi yarmida salqin havo kirib keladi

    24.07.2023, 12:45

    Samarqanddagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

    24.07.2023, 12:17

    Yangi Toshkent shahri tarkibiga kiritiladigan yer maydonlari ro‘yxati belgilandi

    24.07.2023, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.