Rejissor Greta Gervigning bosh rollarni Margo Robbi hamda Rayan Gosling ijro etgan “Barbi” filmi namoyishidan so‘nggi dam olish kunlarida 155 million dollar to’pladi va bu 2023-yil uchun rekord natija, deb yozadi “ Pravila jizni” jurnali.
“Barbi” “Aka-uka Super Mariolar kinoda” filmini ortda qoldirib, yilning eng yaxshi kassa yig‘imini qayd etgan debyutiga aylandi. Aprel oyida taqdim etilgan “Aka-uka Super Mariolar kinoda” filmi ilk dam olish kunlarida 146,4 million dollar daromad keltirgan edi.
“Biz namoyishning ilk dam olish kunlarida 75 million dollar ishlasak kerak, deb o‘ylagandik. 155 million dollar pul kelishi hech kimning xayoliga kelmagan edi”, — deydi filmni suratga olgan Warner Bros. kompaniyasi vakili.
Bundan tashqari, “Barbi”ning debyuti ayollar tomonidan suratga olingan filmlar orasida kinoprokat tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Avvalroq rekord Anna Boden va Rayan Flek suratga olgan “Kapitan Marvel” filmiga tegishli edi. Ushbu kartina AQShdagi ilk dam olish kunlarida 153 million dollar to‘plagan edi.
Izoh (0)