Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi kanalga Gentra tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 22-iyul kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga Gentra tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomashinani kanaldan chiqarib olgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh (0)