O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, uchrashuv 21-iyul kuni bo‘lib o‘tgan. Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va tomonlarning ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish muhimligi alohida ta‘kidlandi.
Izoh (0)