Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimining maktabgacha taʼlim muassasasida bir guruh tarbiyalanuvchi bolalarga nasihat qilayotgani aks etgan video tarqaldi.
Unda ichki ishlar xodimi bolalarga qarata ota-onani hurmat qilish kerakligini aytgan.
“Qolgan narsa o‘zi bo‘lib ketaveradi. Faqat yaxshi inson bo‘lishi kerak, bo‘ldi. Qilma deganini qilish kerak emas. Qil degan ishni qilish kerak”, — deydi xodim.
Uning alohida taʼkidlashicha, bolalar avval oqdan qorani ajratib olishi lozim.
“Nima oq, nima qora? Qaysi ishni qilsam to‘g‘ri bo‘ladi, qaysi ishni qilsam qanday bo‘ladi? Qilishdan avval bu ishni qilganimdan keyin ertaga nima bo‘ladi, shuni o‘ylash kerak”, — deydi u.
Holat qayerda va qachon bo‘lgani haqida maʼlumot berilmagan.
Izoh (0)