Bugun, 22-iyul kuni soat 12:50 larda Namangan viloyati Namangan shahar “G‘uncha” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Shimoliy Farg‘ona” kanaliga Damas rusumli avtomobil tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan Namangan viloyati FVB qutqaruv otryadi xodimlari yetib borib, maxsus texnika yordamida kanaldan avtomobilni olib chiqayotgan vaqtda yana bir Damas avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketgan.
Birinchi avtomobil salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Ikkinchi avtomobil salonida 5 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
FVV qutqaruvchilari darhol ikkinchi avtomobil salonidan yo‘lovchilarni qutqarib, hayotlarini saqlab qolgan. Bir nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)